“Gulxan”da xanda
***
– Sen qachon jurnaldagi baholaringni tuzatasan? – jahl bilan so‘radi dadasi.
– Dada, men besh kundan beri harakat qilyapman, lekin o‘qituvchim jurnaldan ko‘zini uzmayapti.
***
Akbar ona tili fanidan “Oilamning kelib chiqishi” haqida kichik insho yozishi kerak edi. U buvisidan yordam so‘radi:
– Buvijon, siz dunyoga qanday qilib kelgansiz?
– Laylak tashlab ketgan.
– Oyim-chi?
– Do‘kondan sotib olganmiz.
– A, unda men-chi?
– Seni karam ichidan topib olganmiz.
Hayron qolgan Akbar insho o‘rniga ertak yozishni o‘ylab qoldi.
***
– Nega bugun ertalab matematika o‘qituvchingga: “Xayrli kech”, – deding?
– Ularni ko‘rib, ko‘z oldim qorong‘ulashib ketdi-da!
***
Ona o‘g‘lidan so‘radi:
– O‘g‘lim, nega kundalik daftaring burchakda turibdi?
– Men uni ikki baho uchun jazolayapman.
***
– Dadajon, qilmagan ishi uchun jazolash adolatsizlik-ku, to‘g‘rimi?
– Ha, albatta, adolatsizlik.
– Unda nega bugun o‘qituvchim bajarmagan vazifam uchun meni jazoladilar?!
Hilola ABDURASULOVA
tayyorladi