Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Momoqaldiroq afsonasi

O‘zbek tilidagi “momaqaldiroq” so‘zi qadimgi afsonalardan olingan “osmonda yashovchi kampir” obraziga  borib taqalishini bilarmidingiz? Gap shundaki, o‘zbek xalq ijodida havoni guldiratib, yomg‘ir yog‘diruvchi “guldirmomo”, “momaqaldiroq”, “gupudakmomo”, “momopo‘stak” kabi afsonalar va asotirlar mavjud.

Surxondaryoliklar orasida momaqaldiroq gumburlaganda “gupudak momo suprasini qoqyapti” degan naql bo‘lgan.

Buxoroliklar esa osmonda, bulutlar orasida oq kiyim kiygan momo yashaydi deb o‘ylashgan va uni “momaqaldiroq” deb atashgan.

Navoiyliklarda, momo po‘stagini qoqqanda chaqmoq chaqadi, degan afsonalar ham  bo‘lgan.

 

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.