Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Tiyin asli qimmat

O‘zbek tilidagi “tiyin” so‘zi olmaxon degan ma’noni anglatishini bilasizmi? Uning mo‘ynasi qalin va qimmat bo‘lgani bois turli ayriboshlash, savdo-sotiqda pul-qiymat sifatida ishlatilgan.

Hozirgi o‘zbek tilidagi “tanga” so‘zi ham qadimgi turk tilidagi “tamg‘a” so‘zidan olingan. Qadimda har bir hukmdor mis, kumush, oltin kabi metallarga o‘z tamg‘asini bosib, muomalaga chiqargan va ularni “tamg‘a” deb ataganlar.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.