Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Sedanali non

Hech o‘ylab ko‘rganmizsiz, nima uchun nonlarimiz sedanali? Buxoro xonligida 1681-1702-yillarda hukmronlik qilgan Subhonqulixon tabobatga qiziqqan va o‘zi ham  unga doir asarlar yozgan. Uning hukmronligi davrida  o‘tkir yuqumli “Ich terlama” kasalligi butun shaharda avj oladi. Xalq orasida sarosima boshlanadi. Shunda hukmdor farmon chiqaradi. Unga ko‘ra, shu kundan boshlab novvoylar non ustiga qora sedana sepib yopishlari buyurildi. Chunki sedana tarkibida foydali yog‘lar bo‘lib, ichaklar faoliyatini yaxshilaydi va tozalaydi. Undagi antioksidantlar immunitetni mustahkamlaydi, yuqumli kasalliklar oldini oladi. O‘sha davrdan beri nonlarga sedana sepib kelinadi.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.