“Svetofor” chaynvordi
1. Transport to‘xtash joyi. 2. Transport turi. 3. Piyodalar harakati joyi. 4. Qadimiy transport vositasi haydovchisi. 5. Temir yo‘ldagi ko‘tarma g‘ov. 6. Ilk nusxasi 1956- yilda ishlab chiqarilgan avtomobil markasi. 7. Ko‘chalar kesishgan joy. 8. Yo‘l qurilishi ashyosi. 9. Yuk va yo‘lovchi tashish vositalari majmui. 10. Tog‘ ostidan o‘yib ochilgan yo‘l. 11. Svetofor qurilmasi birinchi bo‘lib o‘rnatilgan poytaxt. 12. Asaka avto markasi. 13. Ko‘p o‘rinli avtomobil. 14. To‘xtash ifodasi, chizig‘i. 15. Transportsiz harakatlanuvchi kishi. 16. Yuk tashiladigan o‘ziyurar arava. 17. Harakat tezligini qayd etuvchi qurilma. 18. Avtomobilni boshqarish dastasi. 19. Transport vositalari saqlanadigan maskan. 20. Yo‘l transporti falokatidan shikastlanish. 21. Yo‘l harakati nazoratchisi anjomi. 22. Bir tomoni baland, bir tomoni past yo‘l. 23. Avtomobilni yurgizish moslamasi.
TOPSHIRIQ: Quyidagi raqamlar juftini (birinchisi so‘z, ikkinchisi harf tartibini anglatadi) chaynvord javoblaridagi harflar bilan almashtirish orqali topshiriqni hal eting. Bunda ulardan svetoforning yashil rangi o‘rnida ko‘k rang qo‘llaniladigan mamlakat nomini bilib olasiz. 2/6 5/3 9/6 11/2 12/1 15/2 21/3 23/2.
Foziljon ORIPOV tuzdi