Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Shokalad tarixi

Asli shokolad tarixi Lotin Amerikasidan boshlanadi. Shokoladni birinchilardan ta’tib ko‘rganlar   Meksikada miloddan avvalgi 1000-yillarda yashashgan. O‘sha davrda Maya hindulari  kakao donachalarini yetishtirib, undan achchiq va sovuq ichimlik tayyorlashgan. Uni faqat erkaklar iste’mol qilishgan. Maya hindularidan keyin Asteklar bu an’anani davom ettirishgan. Kakao donalariga shu qadar ahamiyatli bo‘lganki, uni hatto pul sifatida ham ishlatishgan. Keyinchalik ulardan tayyorlangan ichimlikni “chocolatl” deb atashgan.

Yevropaga kakao donachalarini va ichimlik tayyorlash texnikasini Meksikani zabt etgan sayyoh Ernan Kortes olib kelgan. Dastlab  kakao ichimligini faqat boylar ta’tib ko‘rgan. XVI asrga kelib ispaniyaliklar unga shakar qo‘shishni boshlashgan.

Vaqt o‘tib, angliyaliklar bu ichimlikni ommalashtirib sut, vanil va asal qo‘shib, shokoladli choy tayyorlashgan. 1850-yilga kelib Jozef Fray kakaoga suv o‘rniga kakao moyini qo‘shib qattiq shokoladni yaratdi. Shunday qilib, biz sevgan shirinlikni butun dunyo bo‘ylab ishlab chiqarish boshlandi.

XIX asr boshlarida golland kimyogari Konrad van Xouten  va uning o‘g‘li kakao donachalarini ishqorlash orqali undagi mikroorganizmlarni yo‘q qilish va mahsulotning saqlash muddatini sezilarli darajada uzaytirish yo‘lini topishdi.

SHOKALAD TAYYORLASH JARAYONI

1. Shokolad kakao daraxti donachalaridan tayyorlanadi.  Ush­bu daraxt faqat tropik min­taqalarda yetishtiriladi. Yiliga ikki marta – bahor va kuzda hosil beradi.

2. Yig‘im-terimdan ke­yin kakao mevasi fermen­tatsiyadan o‘tib, qu­yoshda yoki quritgichlarda qu­ritiladi. Me­va­si qurib, yo­rilib ichidan urug‘lari aj­ratib olinadi.

3. Urug‘lar pasta holiga kel­guncha maydalanadi va undan kakao moyi olinadi. Kakaoning qat­tiq qismidan kakao kukuni tayyorlanadi.

4. Shokolad turiga: (Sutli, qora, oq shokolad) qarab, qo‘shimcha mahsulotlar – Kakao pastasi, shakar, yog‘lar va sut qo‘shiladi.

5. Tayyorlangan ara­lash­ma maxsus mashina­larda silliq va tiniq bo‘l­guncha aralashtiriladi va eritiladi.

6. Tayyor bo‘lgan suyuq shokolad qoliplarga so­linadi va sovitilib qotiriladi. Shu jarayonda yong‘oq, findiq qo‘shiladi.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.