Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2024-yil 7-son

  • Davlatimning gerbi – baxtim tumori

    Gul vodiylar uzra nur sochar quyosh,

    Sakkiz burchagingda hurlik timsoli.

    Tog‘lar, daryolar va bug‘doyzor aksi,

    Ozodlik timsoli, baxtning timsoli.

     

    Humo qushi qanotida niyatlar,

    Yashil, kumush, oltin rangda, oq rangda.

    Donishmand el dilidagi hikmatlar,

    Yashil, kumush, oltin rangda, oq

    ...
  • Kelajak o‘z qo‘limizda

    Yoshlar kuni arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qaroriga muvofiq, azm-u shijoati, bilim va salohiyati bilan mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh faol yoshlar “Kelajak bunyodkori” medali hamda “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

    Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida yigit-qizlarni Yoshlar kuni bilan tabriklab, mehr-u

    ...
  • Yozni qanday o‘tkazamiz?

    Yoz – dam olishning ayni pallasi, to‘g‘rimi? Quyosh qizdirgan,sarxil mevalar pishib yetilgan, suv havzalari cho‘milishingiz uchun iliqqina bo‘lib turgan vaqtda, hech kim uyda o‘tirishni, mavsum ne’matlaridan bebahra qolishni istamasa kerak?!

    Qayerga boramiz, deb haliyam bir qarorga kel­ma­dingizmi? Axir, yozning yarmi o‘tib qoldi-ku! Demak, hozir

    ...
  • Maqsadim kuch beradi

    Shohida Yusupova – 24 yoshida shaxsiy brendi, tur-kompaniyasi, qizlar akademiyasini yaratib ulgurgan o‘zbek qizi. U  to‘rtta tilda erkin so‘zlasha oladi, 30 dan ziyod xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistondagi yosh elchisi, Amerikaning Garvard universitetida “Rahbarlik va boshqaruv” yo‘nalishida, Berlin Xalqaro Biznes Institutida “Marketing va kommunikatsiyalar” yo‘nalishlarida tahsil

    ...
  • Mukofot kimga nasib etdi

    Bolalar adabiyoti bo‘yicha ta’sis etilgan Hans Kristian Andersen nomidagi xalqaro mukofot (Hans Christian Andersen Award) haqida eshitgansiz. Bu bolalar adabiyoti sohasidagi eng nufuzli mukofotlardan biri hisoblanadi. Mukofot har ikki yilda bir marotaba xalqaro miqyosda bolalar adabiyotiga qo‘shgan hissasi uchun yozuvchilar va rassomlarga topshiriladi. Mukofotning asosiy maqsadi bolalar uchun

    ...
  • Bahs

    Katta tanaffusda biz –

    Zubayda, Yashin, Ramz,

    Sarvar, Dilbar, Ma’suda

    Bahslashdik bir mavzuda.

    Mavzu edi ko‘p bahsli

    “Kimga qayerda yaxshi?”

    Uyga topshiriq edi,

    Topshiriq qiziq edi...

    –  Baliqlar yayrar suvda! –

    Boshlab berdi Ma’suda.

    –  Qushlarga samo yaxshi... –

    Qo‘shimcha qildi

    ...
  • Yosh Temuriylar qo‘shig‘i

    Posbonmiz buyuk yurtga,

    Himoyada – sergakmiz.

    Shahdam qadam tashlaymiz!

    Sinovlarda tirgakmiz.

    Bir, ikki, uch...

     

    Vatan deya yonamiz,

    Vatan – faxr, sururli!

    Istiqlol nishonasi –

    Baland tuting g‘ururni!

    Bir, ikki, uch...

     

    Yurt tug‘i hilpirasin

    Jahon

    ...
  • Sozim bilan

    Do‘stlar, qo‘lda rubob — men baxtiyor sozim bilan,

    Siz uchun men kuylaram, ey do‘sti yor, sozim bilan.

    Siz aziz xalqim uchun jonim fido etsam bo‘lar,

    Bir umr xizmatdaman, qildim qaror, sozim bilan.

    Ko‘nglingiz chog‘ aylaram, yo‘llab bugun tabrik, salom,

    Ehtirom aylab sizga subhi nahor, sozim bilan.

    Men sira umrim bo‘yi yig‘loqi kuy

    ...
  • Yaxshilik deb yashayman

    Yaxshi kunni saharidan kutdim men,

    Tong keltirgan xabaridan kutdim men,

    Hayot zavqin saharidan kutdim men,

    Men kelganman yaxshilik deb dunyoga,

    Azizlarim, yaxshilik deb yashayman!

    Do‘st qadrini vafosidan bildim men,

    Ishq jabrini jafosidan bildim men,

    Qalb zarbini xatosidan bildim men,

    Men kelganman yaxshilik deb

    ...
  • Aziz onajon

    Ko‘ngil gul bog‘ida asrayman sizni,

    Ko‘zim qarog‘ida asrayman sizni,

    Qalbim ardog‘ida asrayman sizni,

    Bog‘bonim, posbonim, aziz onajon!

    Qalbim navolari qo‘shiq, soz bo‘lgay,

    Bahor chechaklari poyandoz bo‘lgay,

    Umid, orzularim sarafroz bo‘lgay,

    Yulduzim, osmonim, aziz onajon!

    Siz bilan ko‘rkamdir yillar, fasllar,

    Qalb-u

    ...
  • Najmiddin Kubro yoxud ibratli taqdir

    (Boshi o‘tgan sonda)

    Shayx xayol og‘ushida ancha turib qolgach, toliqdi shekilli, qal’a darvozasi oldidagi devorga suyangancha oyoqlarini uzatdi. Shu mahal tashqari maydonda qiyqirib-baqirib o‘q uzayotgan dushmanning ovozi tinib qolgandek tuyuldi. Go‘yo ulug‘ avliyo karomati bilan shahar ularning ko‘z o‘ngidan g‘oyib bo‘lgandek edi.

    ...
  • Qaldirg‘ochlar quvonchi

    Maktabni a’lo baholar bilan tamomlab, oltin medal olgan tengdoshlaringizga havas qilganingiz rost. Bilimdon, a’lochi do‘stingizning quvonchi, shodligini ko‘rib, ularning o‘rnida bo‘lib qolishni ham istagansiz. Ochig‘i, oltin medal haqidagi xushxabarni eshitib bizning ham boshimiz ko‘kka yetdi. Chunki respublika bo‘yicha maktabni oltin medal bilan tamomlagan o‘quvchilar soni 12620 nafarni

    ...
  • Baxtli bolalik

    Yaqinda Toshkent Fotosuratlar uyida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Ofarin” mukofoti sovrindori, foto­jurnalist Ravil Albekovning “Baxtli bolalik” nomli shaxsiy fotoko‘rgazmasi namoyish etildi.  Ko‘rgazmadan fotojurnalistning  60 ta oq-qora fotosuratlari joy oldi.

    Ravil Albekov 1958-2001-yillarda “Tong yulduzi” gazetasida hamda boshqa ko‘plab

    ...
  • Oilam

    Otam-onam mehribon,

    Onam-chi mehrga kon,

    Otam-chi, issiq makon,

    Ular bizga soyabon.

     

    Akam mustahkam qo‘rg‘on,

    Opam sirdosh dugonam,

    Ukam sho‘x biram biyron,

    Bunga hatto baxt hayron.

     

    Ular borki, doimo

    Baxtlidirman har bir on!

     

    Mehri Nigor

    ...
  • Otamdek ulug‘im

    Oftobda qolganda

    Boshimga soyam.

    Qoqilsam, qo‘limdan

    Tutgan o‘zingsan.

    Qora kunlarimda

    Sen qilgan motam,

    Jonimga jondoshim

    Vatan – o‘zingsan!

    Qo‘limda torim ham,

    Dilimda borim,

    Otamdek ulug‘im

    O‘zingsan, Yurtim!

    To‘rt devor xonam ham,

    Bog‘imsan o‘zing.

    Ko‘zimda nurim

    ...
  • Tasvir

    Osmonlarning bag‘ridan kulib,

    Jilmayganda tanti quyoshim.

    To‘lin oyni hovuchlarida

    Tutayotir o‘n olti yoshim.

     

    Otilarkan, kaftlari muzdek

    Yillar, kunlar manglayim sari.

    Uchib borar parcha yulduzdek

    Toza ruhning kabutarlari.

     

    Uchib borar yillarim ma’yus,

    Yashash asli bir dalli

    ...
  • Bilim bulog‘i

    Ustozim bor ajoyib,

    Bilimlarning bulog‘i.

    Ular xuddi sehrli

    Qaynar xumcha o‘chog‘i.

    Ham bilimdon, suxandon,

    Ham ustoz-u shoira.

    Mehribonim ustozim,

    Unga rahmat ming karra...

     

    Munisaxon MAMBETSOLIYEVA,

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi

    To‘rtko‘l tumani 45-maktab 6-sinf

  • Razzoq So‘fi nolasi

    (“Kecha va kunduz” romanidan ta’sirlanib)

    Men seni sotdim, qizim,

    G‘aflatga botdim, qizim.

    Bir johilga qiz berib,

    Tikonda yotdim, qizim,

    Balchiqqa botdim, qizim.

     

    Boylik meni aldadi,

    Eshon buvam avradi.

    Jon qizima-a, jon qizim,

    Meni Xudo  qarg‘adi,

    Meni hamma

    ...
  • Ustoz qadri

    Ustozlar qadrini bilmoq ilmdir,

    O‘gitiga amal qilmoq ilmdir.

    Har bir kalomidan yuksalgay shuur,

    Ustoz – yo‘llarimiz yoritguvchi nur.

    Bekorga otaga qiyos etilmas,

    Kamolot qasriga usiz o‘tilmas.

    Minnat, ta’ma nima bilmas ustozlar,

    Bahosin zarga teng qilmas ustozlar.

    Sharafga burkangan, qadami qutlug‘,

    Olamda ustozdek fidoyi

    ...
  • O‘rnak

    Qanot qoqadi viz-viz,

    Tinmayin kecha-kunduz.

    Yarar deb qish kuniga

    Bol to‘playdi iniga.

    Dam olmaydi sira, hech,

    Mehnat qilib erta-kech.

    O‘rnak bilib arini

    Yeylik erta g‘amini.

     

    Robiyaxon HASANBOYEVA,

    Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani 9-maktab 7-sinf

  • Kuch-quvvat bisyor

    Biz osmonni ko‘zlagan edik,

    Yurtboshimiz tutdi yelkasin.

    Dunyolarga dovrug‘in soldik,

    O‘zbek degan yurt afsonasin.

     

    Biz yoshlarmiz, kelajak avlod,

    Tomirlarda Temuriy qoni.

    Vatanimiz ozod va obod,

    Ertangi kun sharafli, shonli.

     

    Gar jurnalist bo‘lsak birimiz,

    Ikkinchimiz IT

    ...
  • Inson bir lochin…

    Qush o‘lar, parvoz mudom yodingda bo‘lsin.

    (Furo‘g‘ Farruxzod)

    ORZUSIZ YASHAB BO‘LMAYDI

    Orzular – insonga berilgan shunday go‘zal ne’matki, ular sizga uchmoq uchun qanot, suzmoq uchun yelkandir. Darvoqe, “Alvon yelkanlar” filmidagi go‘zal qiz Assolning aytganlari esingizdami: “Orzusiz

    ...
  • Daraxtlar suhbati

    Yoz fasli bo‘lsa-da, bir qarasang osmonni kulrang, qora bulutlar qoplab sharros yomg‘ir quyadi, oradan biroz vaqt o‘tib quyosh charaqlab, borliqni tillo rangga bo‘yab  yashnatib yuboradi. Shunday kunlarning birida ikki baland imorat oralig‘ida ko‘m-ko‘k yashnab turgan chinor daraxtlaridan biri  yonidagi o‘ziga o‘xshab ko‘kka bo‘y cho‘zgan qo‘shni daraxtga qarab gap

    ...
  • Men, buvim, Iliko va Illarion

    Salom, do‘stlar! Ta’til ajoyib o‘tyaptimi? Sayohatlar qilyapsizmi? Qo‘shimcha to‘garaklarga boryapsizmi? Kitob o‘qiyapsizmi? Umid qilamizki, biz tavsiya qilayotgan asarlar bilan ham tanishishni kanda qilmagansiz. Ular eng sevimli asarlaringiz safiga qo‘shilayotgan bo‘lsa ajab emas.

    Bugun birgalikda ayni yozbop, hazil-mutoyiba va sarguzashtga boy yana bir roman bilan tanishamiz. Bu

    ...
  • Sog‘inch

    Har yili yozgi ta’tilni buvimnikida o‘t­kazaman. Ta’til boshlanishi bilan onam meni qishloqqa, buvimning uyiga keltirib qo‘yardi. Sababi, buvimning o‘g‘li yo‘q edi. Bu haqda kichkinaligimda buvimdan so‘ragandim.

    – Bibi, nega sizning ikkitagina bolangiz bor? Zafarning ikkita xolasi, uchta tog‘asi bor. Mening esa faqat bittagina xolam bor.

    –  O‘g‘illarim bor edi, ammo

    ...
  • Sarhisob

    Ayni ta’til kunlarida o‘tgan o‘quv yilida erishgan yutuqlarimni sarhisob qilishga fursat topdim. 2023-2024-o‘quv yilini Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida boshladim. Maktabning tartibi, o‘qitish uslubi menga juda yoqdi. Yotoqxona va oshxonada gigiyena qoidalariga qattiq rioya qilinadi. Ustozlar bilimli, har bir o‘quvchiga o‘z farzandidek muomala qiladilar. Ayniqsa maktabimiz direktori

    ...
  • Masalaga yechim

    Avtobusda ikki o‘quvchi manziliga yetguncha boshini telefondan ko‘tarmay o‘yin bilan mashg‘ul bo‘lib keldi, desam, “Bu oddiy hol-ku” deyishingiz tabiiy. Bugun o‘smirlarning xayolini band qilgan ijtimoiy tarmoqlardagi videoroliklar, ko‘ngilochar o‘yinlar, konsertlar,  hatto  shavqatsizlikni targ‘ib qiluvchi multfilmlar... Ular o‘quvchilarning ma’naviy olamiga salbiy ta’sir 

    ...
  • Borliq nima deydi?

    Siz erta tongda borliqni  kuzatganmisiz? Maysalarning qad rostlashi, quyoshning ko‘tarilishi, suvning sharqirab oqishi, che­chaklarning ochilishi, kapalaklarning ohista uchishi singari yoqimli manzaralar e’tiboringizni tortganmi hech?

    “Ko‘z o‘ngingizda yastanib yotgan yashillik olamiga to‘yib boqsangiz, ruhingiz orom oladi, hayotning zavq-shavqini his etasiz, shunday ekan,

    ...
  • “Barkamol avlod bolalari” festivali Buxoroda

    Shu kunlarda “Barkamol avlod bolalari” festivali viloyatlar aro o‘tkazilayotganidan xabaringiz bor. Aynan bu galgi festivalning mezbon viloyati Buxoro bo‘ldi.

         Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan uyushtirilayotgan ushbu festival ko‘plab yoshlarni bir yerga to‘plab, ularning iste’dodini xalqqa

    ...
  • O‘yin

    Uka!

    To‘pponchangni irg‘itib yubor,

    “Urush-urush” o‘ynama endi.

    Va miltiqlar chiqmasa takror,

    Urush nima bilmasang edi.

     

    Singlim!

    “Doktor-doktor’’ o‘ynama aslo,

    Qayta qolgin, endi bu shashtdan.

    Qo‘lingdagi qo‘g‘irchog‘ing ham

    Charchadi-ku, bemor yashashdan.

     

    “Xola-xola” ukamizga

    ...
  • Taassurot

    Har shamolga shivirlar yaproq,

    Har tomchida shodlik jilvasi.

    Har yurakka beradi ilhom

    Zominning har soyi, jilg‘asi.

     

    Gulbadanbegim ALIQULOVA,

    Andijon viloyati

  • Arining o‘g‘liga nasihati

    Farqini bilsin deya

    O‘g‘liga so‘zlar Ari:

    – Dangasa-yu quloqsiz

    Bizga dushmandir bari.

    Ozor bermagin, o‘g‘lim,

    Chaqib go‘zal lolani.

    Faqat chaqishing mumkin

    O‘qimagan bolani!

     

    Mushtariy HAYDAROVA,

    Qashqadaryo viloyati

  • Haqiqat

    “Yil yiqilar yilning ustiga”

    (A’zam O‘ktam)

     

    “Yil yiqilar yilning ustiga”,

    Yulduzlarni qulatmoqda vaqt.

    Sayyoralar yugurar shoshib,

    Olovkulcha ko‘rinar barvaqt.

     

    Bu tarixiy qadim falsafa,

    Aylanadi olam, oy va yer.

    Yillar yilga yiqilgan sayin,

    Ado

    ...
  • Shokalad tarixi

    Asli shokolad tarixi Lotin Amerikasidan boshlanadi. Shokoladni birinchilardan ta’tib ko‘rganlar   Meksikada miloddan avvalgi 1000-yillarda yashashgan. O‘sha davrda Maya hindulari  kakao donachalarini yetishtirib, undan achchiq va sovuq ichimlik tayyorlashgan. Uni faqat erkaklar iste’mol qilishgan. Maya hindularidan keyin Asteklar bu an’anani davom ettirishgan. Kakao donalariga

    ...
  • Jabbor Razzoqov

    Jabbor Razzoqov 1947-yilda Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida tug‘ilgan.

    1972-yilda ToshDU (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetini tugatgan.

    1967-1984-yillarda “Yosh le­nin­chi” (hozirgi “Yoshlar ovozi”) gazetasida xat tashuvchi, musahhih, adabiy xodim, katta adabiy xodim, bo‘lim mudiri, mas’ul kotib, bosh muharrir o‘rinbosari lavozimlarida

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.