Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Sozim bilan

Do‘stlar, qo‘lda rubob — men baxtiyor sozim bilan,

Siz uchun men kuylaram, ey do‘sti yor, sozim bilan.

Siz aziz xalqim uchun jonim fido etsam bo‘lar,

Bir umr xizmatdaman, qildim qaror, sozim bilan.

Ko‘nglingiz chog‘ aylaram, yo‘llab bugun tabrik, salom,

Ehtirom aylab sizga subhi nahor, sozim bilan.

Men sira umrim bo‘yi yig‘loqi kuy kuylamadim,

Shodlig-u baxt qo‘shig‘i dilda shior, sozim bilan.

Shodligim daryo erur, men ona yurt kuychisiman,

“Hofizim” deb atadi gulgun diyor, sozim bilan.

Mehnatim baxt keltirur, ezgu niyat yo‘ldosh menga,

Tinch hayot zavqin surib, qalbda bahor, sozim bilan.

Hur Vatan — yo‘lboshchimiz, olg‘a qadam bosdik dadil,

Qo‘shig‘im qalbga madad, men baxtiyor, sozim bilan

 

Normurod NARZULLAYEV,

O‘zbekiston xalq shoiri

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.