Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Unutmas meni bog‘im

  • Suflyor

    Norjonlarning sinfida

    Borar edi imtihon.

    O‘tirmasdi sira jim,

    Suflyorlik qilib Norjon.

    Goh asta “shpargalka”,

    Goh aytardi pichirlab.

    Bilag‘on sanab o‘zin,

    Tinchimasdi vijirlab.

    Mana navbat, nihoyat

    O‘ziga kelib qoldi.

    G‘ozyurish qilib borib,

    Qo‘liga bilet oldi.

    Chiqdi unga

    ...
  • Ochkoni teng bo‘lishar

    Ishqiboz ikki polvon,

    Kuch sinashar shaxmatda,

    Bellashadi beomon,

    O‘yin qizir g‘oyatda.

    Kishnatib “sipoh”ini,

    Yelib borar Rustamjon.

    Raqibining “Shoh”ini,

    Qurshab oladi shu on.

    Qarab turmas Omon ham,

    Xavfni sezadi zumda.

    Zehnini charxlab ildam,

    O‘ta boshlar hujumga.

    Labin tishlab

    ...
  • Sabrning tagi oltin

    Uch-to‘rt bola jam bo‘lib,

    Baliq ovlardi soydan.

    Yurdim to‘qaydan o‘tib,

    Ular yoniga men ham.

    Darhol sozlab qarmoqni,

    Joy axtara boshladim.

    Mo‘ljal olib yiroqni,

    Qulochkashlab tashladim.

    Uzoq kutdim va lekin,

    Baliq ham ilinmadi.

    Nima qilay? Aytsam chin,

    Quruq qaytgim kelmadi.

    Birdan bunday

    ...
  • Ertak

    Kichkinalik paytimni

    Xotirlayman men doim:

    Ertak aytib berardi

    Otam kulib muloyim.

    Tushunmasam ham garchand,

    Bo‘lmasa-da so‘z yangi –

    Jim eshitib yotardim,

    Sehrlardi ohangi!

    O‘quvchiman hozir men,

    To‘ldim naq sakkiz yoshga.

    Aqlim yetar ertakning

    Ma’nosini anglashga.

    Lekin endi

    ...
  • Va’da

    Chet tilidan har darsda

    Bo‘ladi g‘oyib —

    Qo‘yish lozim Sobirni

    Jiddiyroq koyib.

    Butun sinf hujumga

    O‘tgach, amalda,

    Taslim bo‘ldi aybdor —

    Qoldi qamalda.

    Qilmishiga pushaymon,

    Boqdi mo‘ltirab: —

    Chet tilidan qochmayman

    Men endi sira!

    Va’dasini buzmaydi

    O‘shandan buyon:

    ...Hozir

    ...
  • Men so‘z berdim o‘zimga

    Men so‘z berdim o‘zimga,

    Endi quloq solmayman.

    Mayli, ukam ranjisin,

    Tarafini olmayman.

    Bo‘lsa noshud va anqov

    Kaltak yesin, pand yesin —

    Tushmayman men o‘rtaga,

    Kim nima desa desin.

    Yanglishdim bir-ikki gal

    Uning yonini olib.

    Endi sal ranj uchun ham

    Meni izlar dod solib.

    Mustaqil zarb

    ...
  • Oy mehmonga kelguncha

    Bog‘lar uzra nur sochib

    Turar go‘zal oy.

    To‘lin oydan bunchalar

    Tun olgan chiroy.

    Oyga boqib der Barno:

    –    Men qo‘yay narvon,

    Dugona bo‘l men bilan,

    Qilayin mehmon.

    Oy ham “Mayli” degandek

    Pastga yo‘l oldi.

    Oy mehmonga kelguncha,

    U uxlab

    ...
  • Xoh ishoning, xoh ishonmang

    (Hazil)

    Norning tovug‘i har kun,

    Ikki tuxum tug‘armish.

    Rostmi, deya shu gaplar

    Nordan so‘rar To‘xtamish.

    – Ha, rost, dedi nor kulib,

    Aldamayman, yolg‘onmas.

    Do‘stining tovug‘iga,

    To‘xtamish qildi havas.

    Tovug‘ini don bilan,

    Boqsa hamki har kuni.

    Tug‘ar faqat bir

    ...
  • Bolajonlar

    Yig‘lab turgan bolani,

    Ko‘rgan odam o‘ylanur.

    Eshitsam men nolani,

    Tanda jonim qiynalur.

    Bolalik ne bilaman,

    O‘tkazganman boshimdan.

    Hamon eslab kelaman,

    Qiynalganman, yoshimdan.

    Bolajonlar pok bo‘lar,

    Ko‘ngillari oq bo‘lar.

    Qushlar kabi beozor,

    Mehrga mushtoq bo‘lar.

    Hamma bola

    ...
  • Sozim bilan

    Do‘stlar, qo‘lda rubob — men baxtiyor sozim bilan,

    Siz uchun men kuylaram, ey do‘sti yor, sozim bilan.

    Siz aziz xalqim uchun jonim fido etsam bo‘lar,

    Bir umr xizmatdaman, qildim qaror, sozim bilan.

    Ko‘nglingiz chog‘ aylaram, yo‘llab bugun tabrik, salom,

    Ehtirom aylab sizga subhi nahor, sozim bilan.

    Men sira umrim bo‘yi yig‘loqi kuy

    ...
  • Yaxshilik deb yashayman

    Yaxshi kunni saharidan kutdim men,

    Tong keltirgan xabaridan kutdim men,

    Hayot zavqin saharidan kutdim men,

    Men kelganman yaxshilik deb dunyoga,

    Azizlarim, yaxshilik deb yashayman!

    Do‘st qadrini vafosidan bildim men,

    Ishq jabrini jafosidan bildim men,

    Qalb zarbini xatosidan bildim men,

    Men kelganman yaxshilik deb

    ...
  • Aziz onajon

    Ko‘ngil gul bog‘ida asrayman sizni,

    Ko‘zim qarog‘ida asrayman sizni,

    Qalbim ardog‘ida asrayman sizni,

    Bog‘bonim, posbonim, aziz onajon!

    Qalbim navolari qo‘shiq, soz bo‘lgay,

    Bahor chechaklari poyandoz bo‘lgay,

    Umid, orzularim sarafroz bo‘lgay,

    Yulduzim, osmonim, aziz onajon!

    Siz bilan ko‘rkamdir yillar, fasllar,

    Qalb-u

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.