Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Suflyor

Norjonlarning sinfida

Borar edi imtihon.

O‘tirmasdi sira jim,

Suflyorlik qilib Norjon.

Goh asta “shpargalka”,

Goh aytardi pichirlab.

Bilag‘on sanab o‘zin,

Tinchimasdi vijirlab.

Mana navbat, nihoyat

O‘ziga kelib qoldi.

G‘ozyurish qilib borib,

Qo‘liga bilet oldi.

Chiqdi unga biletdan

Oddiygina bir savol.

Mag‘zini chaqa olmay

Norjon bo‘lib qoldi lol.

 

Do‘stjon MATJON

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.