- Rukn: Sheʼrlar
- 404 marta ko‘rilgan
Ikkichi
O‘ylab ko‘rsam ikkining
Bor bir yaxshi tomoni,
Buvim aytdi – sonlarning
Bo‘lmas ekan yomoni.
Bahonalar tap-tayyor,
Daftar to‘la uch-ikki.
Endi ikkilarni deb
Eshitmayman hech dakki.
Ustoz qo‘ygan ikkidan
Zo‘r kashfiyot qilaman.
Ikkini to‘rt, uchni besh
Qilvolishni bilaman.
Muhammadrasul MAMATQULOV