- Rukn: Sheʼrlar
- 287 marta ko‘rilgan
Sabrning tagi oltin
Uch-to‘rt bola jam bo‘lib,
Baliq ovlardi soydan.
Yurdim to‘qaydan o‘tib,
Ular yoniga men ham.
Darhol sozlab qarmoqni,
Joy axtara boshladim.
Mo‘ljal olib yiroqni,
Qulochkashlab tashladim.
Uzoq kutdim va lekin,
Baliq ham ilinmadi.
Nima qilay? Aytsam chin,
Quruq qaytgim kelmadi.
Birdan bunday qarasam,
Sho‘ng‘ib ketdi po‘pagim.
Qarmoqni tortib olsam,
Hosil bo‘ldi tilagim.
Hovliga kirib bordim,
Qo‘limda o‘ljam ulkan,
Sabrning tagi oltin,
Deganlari shu ekan.
Do‘stjon MATJON