Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Saboqlar bor kitoblarda

Insonlarni haqqa eltar,

Xitoblar bor kitoblarda.

Yo‘limizga nur taratar,

Chiroqlar bor kitoblarda.

Yosh avlodga yo‘l ko‘rsatar,

Shitoblar bor kitoblarda.

Ruhimizga ziyo sochar,

Saboqlar bor kitoblarda.

Insonlarning kelajagi

Bog‘liq bo‘lar kitoblarga.

Ertamizga mezon bo‘lgan

Hisoblar bor kitoblarda.

Vaqt o‘tmoqda, ey siz yoshlar,

Oshno bo‘ling kitoblarga!

Kitobxonga hamroh bo‘lgan

O‘rtoqlar bor kitoblarda!

 

Malikabonu TOHIROVA,

Buxoro shahar 32-maktab 10-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.