- Rukn: Sheʼrlar
- 783 marta ko‘rilgan
Ustozimga
Qancha sho‘xlik qilsak-da
Kechirdingiz, ustozjon.
Siz otaday, onaday
Do‘st bo‘ldingiz mehribon.
Ming mashaqqat-la bizga
Ilm-u odob berdingiz,
Yutug‘imizdan mudom
Ko‘kragingiz kerdingiz.
Omon bo‘ling, ustozjon
Shogirdlarning baxtiga.
Sizni ko‘rmoq istayman
Ko‘ngillarning taxtida.
Sarvinoz ISMATOVA,
Jizzax viloyati Zarbdor tumani
26-maktab 8-sinf