- Rukn: Sheʼrlar
- 346 marta ko‘rilgan
Rayhon
Bo‘ylaringni shamollar eltdi,
Ifor qo‘shib tong havosiga.
Ko‘kda uchib qushlar ham keldi,
Kuylar qo‘shib dil navosiga.
Chaman kabi ariq bo‘ylari
Go‘zallikka burkangan bu on.
Seni sevdim buvijonimning
Chakkasini bezagan, Rayhon!
Aziza RAHMATULLAYEVA,
H. Xudoyberdiyeva nomidagi ijod
maktabi, 9-sinf