- Rukn: Sheʼrlar
- 350 marta ko‘rilgan
Jizzaximsan
Arg‘imchoqda yelayotgan qizaloqning,
Do‘ppisida naqshi ma’no Jizzaximsan.
Bag‘ringdagi ulg‘aytirgan farzandingning,
Tomirida qon, qalbi daryo Jizzaximsan.
Adolatsiz tuzumlarga qarshi borib,
Haq yo‘lida jonin tikkan ibratimsan.
Oddiy ketmon, kaltaklarni qo‘lga olib,
Damin bilan bosh ko‘targan Jizzaximsan.
Yoshmi, qari Vatan uchun hannos solib,
Ahillikda o‘xshashi yo‘q millatimsan.
Jevachini o‘zingga bosh qilib olib,
Mustabidni ko‘p titratgan Jizzaximsan.
Mana men ham boryapman senda unib,
Mening baxtim, ham omadli qismatimsan.
O‘syapman qalbingga men qalbim qo‘yib,
Hech nelarga alishilmas Jizzaximsan.
Gulmira URALOVA,
JDPU talabasi