- Rukn: Sheʼrlar
- 189 marta ko‘rilgan
Oy mehmonga kelguncha
Bog‘lar uzra nur sochib
Turar go‘zal oy.
To‘lin oydan bunchalar
Tun olgan chiroy.
Oyga boqib der Barno:
– Men qo‘yay narvon,
Dugona bo‘l men bilan,
Qilayin mehmon.
Oy ham “Mayli” degandek
Pastga yo‘l oldi.
Oy mehmonga kelguncha,
U uxlab qoldi.
Saodat TOJI