Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Xoh ishoning, xoh ishonmang

(Hazil)

Norning tovug‘i har kun,

Ikki tuxum tug‘armish.

Rostmi, deya shu gaplar

Nordan so‘rar To‘xtamish.

– Ha, rost, dedi nor kulib,

Aldamayman, yolg‘onmas.

Do‘stining tovug‘iga,

To‘xtamish qildi havas.

Tovug‘ini don bilan,

Boqsa hamki har kuni.

Tug‘ar faqat bir tuxum,

Tushunmadi u buni.

Nor so‘zi chinmi, yolg‘on,

Uyog‘in kim biladi.

Tovug‘in do‘stlariga,

Tinmay maqtab keladi.

 

Saodat TOJI

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.