- Rukn: Sheʼrlar
- 136 marta ko‘rilgan
Yosh Temuriylar qo‘shig‘i
Posbonmiz buyuk yurtga,
Himoyada – sergakmiz.
Shahdam qadam tashlaymiz!
Sinovlarda tirgakmiz.
Bir, ikki, uch...
Vatan deya yonamiz,
Vatan – faxr, sururli!
Istiqlol nishonasi –
Baland tuting g‘ururni!
Bir, ikki, uch...
Yurt tug‘i hilpirasin
Jahon shohsupasida!
El-yurtdan oling tahsin –
Bu ham baxtga qasida!
Bir, ikki, uch!
Sobir JABBOR