- Rukn: Sheʼrlar
- 482 marta ko‘rilgan
Ustoz qadri
Ustozlar qadrini bilmoq ilmdir,
O‘gitiga amal qilmoq ilmdir.
Har bir kalomidan yuksalgay shuur,
Ustoz – yo‘llarimiz yoritguvchi nur.
Bekorga otaga qiyos etilmas,
Kamolot qasriga usiz o‘tilmas.
Minnat, ta’ma nima bilmas ustozlar,
Bahosin zarga teng qilmas ustozlar.
Sharafga burkangan, qadami qutlug‘,
Olamda ustozdek fidoyi zot yo‘q.
Rizqin mo‘l-ko‘l etsin Yaratgan egam,
Beg‘ubor ko‘ngliga inmasin hech g‘am.
Azizjon RUSTAMOV,
Buxoro shahridagi
29-IDUM 9-sinf