Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Kuch-quvvat bisyor

Biz osmonni ko‘zlagan edik,

Yurtboshimiz tutdi yelkasin.

Dunyolarga dovrug‘in soldik,

O‘zbek degan yurt afsonasin.

 

Biz yoshlarmiz, kelajak avlod,

Tomirlarda Temuriy qoni.

Vatanimiz ozod va obod,

Ertangi kun sharafli, shonli.

 

Gar jurnalist bo‘lsak birimiz,

Ikkinchimiz IT muhandis.

Prezidentga yelkadosh bugun,

Bu diyorda har bir o‘g‘il-qiz.

 

Shonli tariximiz ibratdir,

Jadid bobolarim ruhi yor.

Uchinchi Renessans maqsaddir,

Bugun bizda kuch-quvvat bisyor!

 

Muhammad Ali RO‘ZIBOYEV,

Buxoro viloyati Romitan tumani

16-maktab 10-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.