Jabbor Razzoqov
Jabbor Razzoqov 1947-yilda Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida tug‘ilgan.
1972-yilda ToshDU (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetini tugatgan.
1967-1984-yillarda “Yosh leninchi” (hozirgi “Yoshlar ovozi”) gazetasida xat tashuvchi, musahhih, adabiy xodim, katta adabiy xodim, bo‘lim mudiri, mas’ul kotib, bosh muharrir o‘rinbosari lavozimlarida ishladi. Keyinchalik “Lenin uchquni” (Tong yulduzi) gazetasida muharrir sifatida faoliyat olib borgan. 1986-1993-yillar “Yoshlar ovozi” gazetasining bosh muharriri bo‘lib faoliyat yuritdi.
Jabbor Razzoqov “O‘zbekiston” nashriyotida muharrir (1993-1994), “Ko‘zgu” jurnali bosh muharriri, “Mehnat” va A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyotlarida bosh muharrir (1994-1995), O‘zdavmatbuotqo‘mning nashriyot va ommaviy axborot vositalari boshqarmasi boshlig‘i (1995-1998), “O‘zbekiston” nashriyot direktori (1998-1999), “Mehnat” nashriyoti direktori (2002-2003), “Ijod dunyosi” nashriyot uyi direktori (2003-2004), “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi bosh muharririning o‘rinbosari (2004-2012) bo‘lib xizmat qilgan. O‘tgan yillar mobaynida bir qator mualliflik kitoblari chop etilgan.
Taniqli jurnalist Jabbor Razzoqov O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi. U 1992-yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist” unvoni bilan taqdirlangan.