- Rukn: Sheʼrlar
- 175 marta ko‘rilgan
Davlatimning gerbi – baxtim tumori
Gul vodiylar uzra nur sochar quyosh,
Sakkiz burchagingda hurlik timsoli.
Tog‘lar, daryolar va bug‘doyzor aksi,
Ozodlik timsoli, baxtning timsoli.
Humo qushi qanotida niyatlar,
Yashil, kumush, oltin rangda, oq rangda.
Donishmand el dilidagi hikmatlar,
Yashil, kumush, oltin rangda, oq rangda.
Zarhallangan hoshiyasi bir mag‘rur,
Qalbimizga monand rangda, oq rangda.
Erksevarlik ramzi hamda baxt ramzi,
Yashil rangda, kumush rangda, oq rangda.
Ey, baxtlari bahorlarga monandim
Yillar kechdi qora rang – sovuq rangda.
Gerbimizning ishorasi zafarlar,
Yashil rangda, kumush rangda, oq rangda.
Barakaning ismin aytar boshoqlar,
Yorqin rangda, tong kabi porloq rangda.
Halollikni ushlab paxta chanoqlar
Kumush rangda, oppoq rangda, oq rangda.
O‘zbekiston, yo‘llaring nurli bo‘lsin,
Oltin rangda, kumush rangda, oq rangda.
Davlatimning gerbi – mening tumorim,
Osmon rangda, tong kabi porloq rangda.
Zulfiya MO‘MINOVA,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi