Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Ona tilim

Dilda surur, tilda shukrona,

Yashayapmiz qarang, shohona.

Har kun bayram, zo‘r shodiyona,

Sen tufayli, Onajon tilim.

 

Navoiy va Bobur misli sher,

Yozdi doston, yozdi g‘azal she’r.

O‘zing menga o‘tkir qalam ber,

Shirin so‘zim, jonajon tilim.

 

Shevasida jilolari bor,

Zo‘r ohangi, imlosi bisyor.

Ertasi bugundan ulug‘vor,

G‘ururimsan, sharaf-shon tilim.

 

Seni asrab yurgandir bobom,

Gul-chechakka o‘ragan momom,

Biz ham seni asraymiz mudom,

Ruhga quvvat, tanga jon tilim!

 

Mashhura BAXTIYOROVA,

Buxoro viloyati Shofirkon tumani 35-maktab 10-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.