Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Kichkina demang uni

Do‘stim bilan bir kuni

Kelishdik qush tutishga.

Rosa kutdik o‘ljani,

Shoshilmadik ketishga.

 

Har qayoqqa pirillab,

Uchishardi chumchuqlar.

Biz sochgan don-dunlardan

Qochishardi chumchuqlar.

 

Shovvozlarni kechgacha

Poylab-poylab tolmadik.

Urinsak-da harchand biz

Chumchuq ovlay olmadik.

 

Maftuna ABDUHAKIMOVA,

Erkin Vohidov nomidagi

ijod maktabi 9-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.