Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Singlim

Kelgin, singlim, sochingni

Men avaylab tarayman.

Husn qo‘shib husningga,

Qirqta kokil o‘raman.

 

Mehrim bir olam senga,

Balki buni bilmassan.

Yodingda tut, sen doim,

Har on menga keraksan.

 

Hattoki qizg‘onmaysan

Qo‘ldagi noningni ham.

Yolg‘iz tashlab qo‘ymagin

Eng qiyin onimda ham.

 

Zarina MURODOVA,

Jizzax shahri 17-maktab 7-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.