Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Ona Vatan

Yurtim ona tuprog‘i tabarruk, aziz,

Ne-ne buyuk zotlar yotgan qadamjo.

Tarix bu o‘zlikdir deyilmas bejiz,

Moziylardan bizga beradi sado.

 

Beruniy, Xorazmiy, Ibn Sinolar,

Bunday ulug’ zotlar, ayting, qayda bor.

Ulug‘bek Uvaysiy, Boburmirzolar,

Buyuk O‘zbekiston degan joyda bor.

 

Temur bobom ruhi yashaydi mangu,

Mudom chorlab turar buyuk ishlarga.

Qadamlar shahdamdir niyatlar ezgu,

Dunyo havas qilgay O‘zbekistonga.

 

Azizabonu MAMADALIYEVA,

Namangan viloyati Chust shahri

26-maktab 11-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.