- Rukn: Sheʼrlar
- 143 marta ko‘rilgan
Tasvir
Osmonlarning bag‘ridan kulib,
Jilmayganda tanti quyoshim.
To‘lin oyni hovuchlarida
Tutayotir o‘n olti yoshim.
Otilarkan, kaftlari muzdek
Yillar, kunlar manglayim sari.
Uchib borar parcha yulduzdek
Toza ruhning kabutarlari.
Uchib borar yillarim ma’yus,
Yashash asli bir dalli savdo?!
Subhi sodiq kelib yuzma-yuz,
Shabnamlarga so‘ylarkan vido.
Qaydan keldi sochi qo‘ng‘iroq,
Qaroqlari xo‘p tortinchoq qiz?!
Yonginamda yoqqancha chiroq,
Simyog‘ochlar cho‘kayotir tiz.
Jilmaygancha zamin qa’rida,
Ma’volanar qismat – yo‘ldoshim.
To‘lin oyni hovuchlarida
Tutayotir o‘n olti yoshim.
Hulkaroy SATTOROVA,
Qashqadaryo viloyati
Ko‘kdala tumani 6-maktab 9-sinf