“Ona zamin togʻlari” topqirlik mashqlari
TOPSHIRIQ. Shakl aylanalaridagi raqamlarni alifbo tartibidagi harflar bilan almashtiring va O‘zbekistondagi eng baland tog‘ cho‘qqisini bilib oling.
REBUSLAR. Shaklda sayyoramizdagi nomi bir xilda tugallanadigan sakkizta tog‘ nomlarini topish bilan rebusni hal eting.
CHAYNVORD. 1. Daryoga nomdosh, Pomir-Olay tog‘lariga mansub tog‘ tizmasi. 2. Navoiy viloyatidagi yaylovlarga boy tog‘. 3. Qirg‘izistonning O‘sh viloyatidagi kurort joylashgan tog‘lik. 4. Bo‘stonliq tumanidagi oromgohli tog‘. 5. Himolaydagi tog‘ massivi. 6. Janubiy Amerikadagi eng uzun tog‘. 7. Dominikanadagi tog‘. 8. Yevropaning eng baland cho‘qqisi. 9. Alp tog‘idagi dovon. 10. Tyan-Shanning Qirg‘iziston hududidagi tizmasi. 11. Xorvatiyadagi tog‘. 12. Yer yuzidagi eng katta va eng baland tog‘lardan biri. 13. Karpatning eng baland tizmasi. 14. Oltoyning shimoliy qismidagi tizma. 15. Rossiya, Qozog‘iston, Mongoliya, Xitoy hududlarini egallagan tog‘. 16. Janubiy Ural tog‘ining eng baland nuqtasi. 17. Bolgariya g‘arbidagi tog‘.
Tuzuvchi: Foziljon ORIPOV
“Xotira – aziz” topqirlik mashqlarining javoblari