Qulay dastur
“Google”ga o‘zbek tilida matn o‘qitib ko‘rganmisiz? Masalan, “qo‘rqoq” so‘zini.
Aytmoqchimizki, ushbu dasturda bizning yumshoq harflarimiz talaffuz qilinmaydi. O‘zbek tilining fidoyi targ‘ibotchilaridan biri, filologiya fanlari doktori Munavvar Qurbonova esa mamlakatimizda birinchi marta sun’iy intellekt texnologiyasiga asoslangan o‘zbek nutq sintezatori, ya’ni elektron matnni ovozli xabarga aylantiruvchi kompyuter dasturini yaratishga erishdi.
Mazkur dastur elektron matnni o‘zbek tilining fonetik qonuniyatlari, adabiy talaffuz me’yorlariga muvofiq tarzda aks ettiradi. Dastur ko‘zi ojiz shaxslarning o‘zbek tilidagi elektron hujjatlar bilan mustaqil ishlashi uchun qulay hisoblanadi. U orqali ko‘zi sog‘lom shaxslar ham har qanday sharoitda elektron matn ko‘rinishidagi manbalarni tinglab, ma’lumot olish imkoniga ega.
Ularning dasturi orqali tilimiz ravon o‘qiladi. Ko‘zi ojiz insonlar harflarning to‘g‘ri talaffuzi yordamida bexato matn teradilar.
Dilafro‘z ZAYNIYEVA tayyorladi