“Ixtirochilar va ixtirolar” chaynvordi
CHAYNVORD Quyidagi ixtirolar mualliflarini shakl atrofiga yozing. 1. Ilk fazoda uchish qurilmasi, samolyot. 2. Vertolyot. 3. Batareyka. 4. Velosiped. 5. Dvigatel. 6. Planer. 7. Cho‘g‘lanma lampa. 8. Fotografiya. 9. Paravoz. 10. Ostankino teleminorasi. 11. Bug‘ mashinasi. 12. Dirijabl. 13. Parijdagi minora. 14. O‘t o‘chirgich. 15. Aviadvigatel. 16. Elektrodvigatel. 17. Suv osti kemasi.
KROSSVORD Quyidagi mualliflar ixtirolarini shaklning o‘rta qismidagi xonalarga yozing.
Bo‘yiga: 1. O‘rta asr olimi Ahmad al-Farg‘oniy. 2. Rus olimi Pavel Shilling. 3. Fizik va elektrotexnik Aleksandr Popov. 4. Shotland fizigi Robert Uotson-Uott. 5. Abu Rayhon Beruniy. 7. Mexanik, ixtirochi Ivan Kulibin. 8. Nobel mukofoti sohibi, fizik olim Nikolay Basov. 9. Nemis fizigi ixtiro qilgan va o‘zining nomi bilan ataluvchi medisina qurilmasi. 10. Rus olimi Konstantin Konstantinov ixtirosidagi qurilma.
Eniga: 6. Amerikalik-serb muhandis, mexanik Nikola Tesla. 11. Britaniya fizigi, Nobel mukofoti sohibi Ernest Rezerford.
“Zanjir” holida: 12. Italyan olimi Galileo Galiley. 13. Rus ixtirochisi Gleb Kotelnikov.
Foziljon ORIPOV tuzdi.
“Aziz ne’mat” topqirlik mashqlarining javoblari
KRIPTOGRAMMA Kalit so‘zlar: 1. Xamirturush. 2. Urvoq. 3. Bahori. 4. No‘xat. 5. Chakich. 6. Tandir. 7. Gaz. 8. Kulcha. 9. Savat. 10. Yorma.
Hikmat:
Non yumshoq-qattiqmi, bari bir nondir,
Quvvati o‘zgarmas, lazzatga kondir.
Shuning-chun har ikki tomonidan ham
O‘qisang o‘zgarmas bir xilda “non” dir.
Mahmud Hasaniy
TOPSHIRIQ Patir. Lochira. Kalach. Po‘lotiy. To‘qoch. Shirmoy. Zog‘ora. Gijda.