Diqqat, tanlov!
Jurnalning qadrli muxlislari, 2025-yilga qanday nom berilganini yaxshi bilasizlar-a? Shu munosabat bilan yurtimiz bo‘yicha barcha maktablarda atrof-muhitni ko‘kalamzorlashtirishga bo‘lgan e’tiborning qay darajada ekanligini aniqlash maqsadida tanlov e’lon qilamiz. Tanlov nominatsiylari esa quyidagicha:
– eng “yashil” maktab;
– xona gullariga boy maktab;
– eng serhosil maktab bog‘i;
– maktabdagi jonli burchak.
Mavzularga doir maqolangizga fotosuratlarni ham qo‘shib telegram manzilimizga (@GulxanBilimdon) jo‘natishni unutmang. Eng yaxshi maqolalarni jurnal sahifalarida e’lon qilib boramiz. Tanlov shartlari bo‘yicha g‘olib deb topilganlar “Gulxan”ning ajoyib sovg‘alari hamda jurnal sahifasidagi e’tirofga sazovor bo‘ladi.
Tanlov 2025-yil yakuniga qadar davom etadi.