“Gulxan”da xanda
***
Uch sinfdosh gaplashib turishardi:
— Meni burnim va ko‘zim dadamnikiga o‘xshar ekan, — dedi bolalardan biri.
— Meni quloqlarim amakimnikiga, peshonam esa buvamnikiga o‘xshar ekan, — dedi ikkinchisi.
Uchinchi bola:
— Meni ko‘ylagim va shimim akamniki! — dedi.
***
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bolalarga:
— Menga odamga do‘st bo‘lgan to‘rtoyoqlilarni sanab bering, — dedi.
O‘quvchilardan biri darrov qo‘l ko‘tardi.
— Qani ayt-chi, Suhrob, — ijozat berdi o‘qituvchi.
— Krovat, stol-stul, — dedi u.
***
— Bolalar, sinf derazasini kim sindirdi? Tezda bo‘yningizga olsangiz, gunohingizning yarmidan o‘taman, — dedi muallim.
— Unda men ikki marta bo‘ynimga olaman, — dedi orqa partada o‘tirgan Anvar.
— Nima uchun?
— Chunki koridordagi oynani ham sindirib qo‘yganman.
***
— Dada, hayvonot bog‘iga boraylik, ilonlarni ko‘rgim kelyapti, — dedi o‘g‘il otasiga.
— Vaqtim yo‘q o‘g‘lim, hozircha xonamdagi lupani olib, hovlidagi chuvalchanglarni ko‘raqol, — dedi otasi.
***
— Nega bunaqa ko‘p suv ichyapsan? — so‘radi o‘rtog‘idan Bekzod.
— Olma yegandim, — dedi u.
— Olma chanqatmaydi-ku?
— Uni yuvmasdan yegandim.
Z. HASANOVA