- Rukn: Sheʼrlar
- 135 marta ko‘rilgan
Kitob – doʻst!
G‘ij-g‘ij bilimlarga kon,
Bag‘ri to‘la go‘yo nur!
Qo‘lga olganingiz on,
U – kitob, do‘stdir, axir!
U tomon yuz burganning,
Uni jondan sevganning,
Baxt yo‘lin topganin ko‘r,
U – kitob, do‘stdir, axir!
Jaholatni quvaylik!
Ma’rifatni yoyaylik!
U tomon yo‘l yuraylik!
U – kitob, do‘stdir, axir!
O‘qib sevaylik dildan!
Yuraylik yorug‘ yo‘ldan!
Qo‘ldan qo‘ymaylik, qo‘ldan!
U – kitob, do‘stdir axir!
Gar bo‘lsak, unga “asir”,
Qolmas biz bilmagan “sir”.
Har qancha ta’zim arzir,
U – kitob, do‘stdir, axir!
G‘afur BOLQIYEV,
Samarqand viloyati
Qo‘shrabot tumani