- Rukn: Sheʼrlar
- 79 marta ko‘rilgan
Charogʻon quyosh
Hayot maktabimga qo‘ygan tamal tosh,
Yo‘limni yoritgan charog‘on quyosh,
Har bir yutug‘imda bo‘ldilar bosh-qosh,
Birinchi ustozim – munisam onam.
Erka qizlariga tanitdilar harf,
Qancha asablar-u, ko‘zlar nuri sarf,
Bugun she’riyatga oshuftadir qalb,
Birinchi ustozim – munisam onam.
“Ma’rifat-la boqqin butun dunyoga,
Tashna bo‘l, to‘ymagin ilm-u ziyoga,
Baxtdan qanot yasab uchgin samoga”, –
Deya o‘git bergan munisam onam.
Diloromxon MAHMUDOVA,
Farg‘ona viloyati Quva tumani
25-maktab o‘qituvchisi