- Rukn: Sheʼrlar
- 102 marta ko‘rilgan
Bagʻringiz chaman
Jaranglar qo‘lda sozim,
Yangraydi sho‘x ovozim.
Barchasi siz tufayli
Mehribonim, ustozim.
Berdingiz har kun saboq,
Niyatingiz sutdek oq.
Beqiyosdir mehringiz,
Kutasiz ochib quchoq.
Talpinaman siz tomon,
Bag‘ringiz gulzor, chaman.
Tilingiz biram shirin,
Sizni o‘pib, quchaman.
Ro‘zimurod BOLQIYEV,
Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani
10-maktabning boshlang‘ich
sinf o‘qituvchisi