Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Goʻzal kalomim

Ajdodlardan qolgan merosim,

Olam ichra yagona tilim.

Sening ila yuksak parvozim,

Iftixor-la mavjlanar dilim.

 

Qasidalar yozilgan sen-chun,

Navoiylar madhing etgan yod.

Zabonimda yangraysan har kun,

She’rlarimga baxsh etib hayot.

 

Turkiy tilim – go‘zal kalomim,

Sen borsanki, so‘zlarim burro.

Qush tilidan afzal lisonim,

Ko‘ngillarda yangra doimo!

 

Mohichehra ERALIYEVA,

Erkin Vohidov nomidagi

ijod maktabi, 9-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.