- Rukn: Sheʼrlar
- 171 marta ko‘rilgan
Baxtni quchib yashaymiz
Orzularda oyga uchib yashaymiz,
Goh Parijdan Rimga ko‘chib yashaymiz.
Kulgularni poyingizga to‘shaymiz,
Biz – bolalar baxtni quchib yashaymiz.
Aslo kerak emas bizga g‘avg‘olar,
Bizni qiziqtirmas boylik – dunyolar.
Kelajakda bizdan chiqar daholar,
Biz – bolalar baxtni quchib yashaymiz.
Boqmaymiz hech birovlarga hasad-la,
Qalbimizni havaslarga o‘raymiz.
Qadam bosib kelajakka maqsad-la,
Biz – bolalar baxtni quchib yashaymiz.
Kerak emas yolg‘on, ro‘yo bizlarga,
Shodliklarga sizni ko‘mib tashlaymiz.
Duo bering kichik o‘g‘il-qizlarga,
Biz – bolalar baxtni quchib yashaymiz.
Sevinch BAXTIYOROVA,
Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani
52-maktab 8-sinf