Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Borliq

Derazamni ochaman tongda,

Urilar muattar, muambar islar.

Dimog‘imni qitiqlar yana,

Dilim xushlar, tanim yayratar.

 

Derazamni ochaman tongda,

Ilk ziyosin tutadi quyosh.

Ilitaman tanimni shunda,

Go‘yo meni yutadi quyosh.

 

Derazamni ochaman tongda,

Olam o‘zin etadi tortiq.

Va atrofga boqaman teran,

Gul misoli ochilar borliq.

 

Javohir JO‘RABOYEV,

SamDVMCHB unversiteti talabasi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.