- Rukn: Sheʼrlar
- 12 marta ko‘rilgan
Usmon Nosirni o‘qib…
She’rim, o‘zing asl gavhar ekansan,
Qaroqlar qaridan qalqigan shu’la.
She’rim, balki quyosh, qamar ekansan,
Yo samo bag‘rida balqigan shu’la.
Yo‘q! Sen qalblardagi yashirin so‘zlar,
Tun sukutin yirtib yangragan nido.
Dutorim pardasin tilib, timdalab,
Balki, sahar chog‘i taralgan sado.
Yulduz naqqosh bo‘lib, nur bo‘lib Qalam,
Naqshlar soldi qalbim sahniga.
She’rim, mayli, yo‘lga boshla ketayin
She’riyat atalgan azob shahriga.
Yusufjon YUSUFOV,
Erkin Vohidov ijod maktabi, 10-sinf