- Rukn: Sheʼrlar
- 16 marta ko‘rilgan
Navbahor nafasi
Ko‘klam kelgach boshlanar,
Qushlarning xush sayrashi.
Gullarning xilma-xil-u,
Rang-barang tovlanishi.
Dalalarda ketma-ket,
Ishlarning boshlanishi,
Bahorning har nafasi,
Hayotga arzigulik!
Qamashtirar ko‘zlarni
Kamalak tovlanishi.
Ariqlarda suvlarning
Tinishi, loylanishi.
To‘xtagay chorbog‘larda,
Qarg‘alar zorlanishi.
Bahorning har nafasi,
Hayotga arzigulik!
Uyg‘onishdan darakdir
Ko‘kda chaqmoq chaqishi.
Bulutning ko‘z yoshlari,
Zamin uzra oqishi.
Gullar shirasiga o‘ch
Arilar vizillashi.
Bahorning har nafasi
Hayotga arzigulik.
Sabina XUSHMURODOVA,
Samarqand viloyati Ishtixon tumani
10-maktab, 9-sinf