Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Takror kelar

Kumush qishda zerikib biroz,

Ko‘zni tikdik bahor yo‘liga.

Ko‘klam kirib keldi, qanday soz!

Mushtoq bo‘ldik uning guliga.

 

Qishning ayoz kuni betayin,

Tutdi bahor isin xumori.

Toqqa chiqib kuzatdim sekin,

Har daraxtda uning tumori.

 

Yana takror bahor keladi,

Hidlab-hidlab to‘yib olaman.

Afsus, takror tashlab ketadi,

Keyin yana kuyib qolaman.

 

  Lazina MIRZOMAHMATOVA,

Namangan viloyati So‘x tumani 22-maktab, 8-sinf 

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.