- Rukn: Sheʼrlar
- 16 marta ko‘rilgan
Zulfiyaxonim
Nazm olamida so‘nmagan yulduz,
Yurakni yayratgan bahor kuychisi.
O‘zbekning dilbandi, millatning qizi,
Qalblarning bahori Zulfiyaxonim.
Vafoda, hayoda yakka malika,
Yurakda yashagay mangu hamisha.
Sadoqat timsoli mushtipar ona,
Ko‘ngilning kuychisi Zulfiyaxonim.
Bahor kelayotir o‘riklar gullab,
Sizni so‘ramoqda takror va takror.
Siz sevib kuylagan xalq bugun birdam,
O‘zbegimning faxri Zulfiyaxonim.
Diyora SHODMONQULOVA,
Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi