- Rukn: Sheʼrlar
- 20 marta ko‘rilgan
Vatanim
Qancha qoning bo‘lsa, Vatan uchun to‘k, Qancha shoning bo‘lsa, Vatanni ko‘tar...
(Halima Xudoyberdiyeva)
Vatan – Onam bag‘ri-yu
Otam ochgan quchoqsan.
Bolalikda yong‘oqqa
Bog‘langan arg‘imchoqsan.
Issiq-issiq kulchalar
Pishgan tandir-o‘choqsan,
Baxt kuyini kuylayman
Shonim, jonim-la Vatan.
Seni ko‘targaydirman
Borim, shonim-la Vatan.
Cho‘lponman, Qodiriyman,
Menga zulmat bas kelmas.
Elim, degan Alpomish
Bobomni hech kim yengmas.
Endi erkin o‘saver
G‘animlar bag‘ring tilmas.
Yuksalish davri keldi,
Bitta bo‘lsin jon-u tan.
Mudramagin qadrdon,
Yuksalmoqda hur Vatan!..
Mehriddin SOBIRJONOV,
Muhammad Yusuf ijod maktabi, 9-sinf