- Rukn: Sheʼrlar
- 15 marta ko‘rilgan
Bahor
Olis o‘lkalarda shivirlagan tush,
Pichirlagan kurtak, oq ko‘ylak bodom.
Qanday eriganin sezmay qoldi qish,
Bir tunda o‘zini yo‘qotar olam.
Tiniq samovotda yayraydi qushlar,
Toshqin anhorlarda oqadi shodlik.
Sening quchog‘ingda o‘tgan kunlarim
Qanchalar shirindir, qanchalar totlik.
Bahor – ko‘zlarimda gullagan ilinj,
Bahor – kipriklarda qiqirlagan yosh.
Umid-la ko‘klarga bo‘y cho‘zar sevinch,
Olamga sezdirmay singadi quyosh.
Endi yuragimda ungay boychechak,
Muz ketgan yerlarning yuzini silab.
Endi bahor bilan uyg‘onish kerak,
Mehribon zaminning baxtini tilab.
Samo ham turadi quvonchdan yig‘lab...
Mahliyoxon UMURZOQOVA