Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Bahor

Shamollarning qanotida yeldingmi?

Maysalarning sabotidan keldingmi?

Chashmalarning bayotidan bildingmi?

Sog‘inib ketdim-ku, bormisan bahor?!

 

Binafsha ko‘zlarin ko‘kartirgan sen,

Qizg‘aldoq lashkari – ko‘ksida alvon.

Nargiz boshin egib, uyaltirgan sen,

Turnalar misoli samoviy karvon.

 

Nish urgan bug‘doylar qurbon yo‘lingda,

Yalpizni yig‘latib pishdi somsalar.

Farishta momolar qozon boshida –

Go‘zal duolar-u, niyat solsalar.

 

Ha, seni sog‘inib ketgandim bahor,

O‘tinchim, hovlimda uzoqroq qolgin.

Sumalak yuzini ochsa tong sahar,

Sen unga BARAKA suratin solgin.

 

Shohista ISOQOVA

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.