Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Qor ostida shivirlar bahor

Yog‘ib o‘tdi oppoq qor tunda,

Bedorlikni tan oldim shunda,

Alyorlarin aytadi kunda,

Qor ostida shivirlar bahor.

 

Yo‘qotgandi zamin halovat,

Chehrasini ochmas tabiat,

Injiqligi asli haqiqat,

Qor ostida shivirlar bahor.

 

O‘rik gulin o‘rab oq choyshab,

Qaddi egik ozgina nishab,

Qish ketmadi oshini oshab,

Qor ostida shivirlar bahor.

 

Qordan bahra oldi dala-qir,

Goh berkinib, Quyosh goh balqir,

Maysa unib kuladi “qiqir”,

Qor ostida shivirlar bahor.

 

Yurtga yoqqan qor emas-u don,

Oq tilakka o‘raldi har yon,

El duosi asragaydir jon,

Qor ostida shivirlar bahor.

 

Qor  ostida shivirlar bahor...

 

Munira  SULTON

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.

WWW.UZ