- Rukn: Sheʼrlar
- 15 marta ko‘rilgan
Atirgul
Erkalatib mayin shabada,
Shudringga bezabdi barglarin.
Lol qoldirib mohir tabiat
Yaratibdi noyob asarin.
Buncha go‘zal turfa atirgul.
Kamalakdan olganmi rangni?
Xushbo‘yligin ta’rifi yo‘qdir,
Rom qiladi ko‘rgan dillarni.
Mо‘jizaga o‘xshatdim seni,
Tarovating yayratdi ko‘nglim.
Gulsanam SOLIJONOVA,
Andijon viloyati Oltinko‘l tumani 40-maktab, 10-sinf