- Rukn: Sheʼrlar
- 18 marta ko‘rilgan
Tabiatni asrang
Bahorda chiroyin ochdi tabiat,
Quyoshning nurini sochdi tabiat,
Bulutli damlarda yig‘lab yubordi,
Yomg‘irdan jonlanib ketdi tabiat.
Kecha soyasida yurgan daraxtning,
Bugun tanasini chopdi odamlar.
Qadring gohi bilar, goh bilmas ular,
Nahot, asrolmadik seni, tabiat?!
Tabiat yashasa, biz ham yasharmiz,
Tabiat yashnasa, biz ham yashnarmiz,
Tabiat onadir, sevaylik har vaqt,
Farzandi mehridan yuksalar albat.
Yodgora SA’DULLAYEVA,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Beruniy tumani 56-maktab, 6-sinf