- Rukn: Sheʼrlar
- 69 marta ko‘rilgan
Vatan
Vatan – mevali daraxt,
Bolingdan totdik har vaqt.
Toleyimga bitgan baxt,
O‘zingsan, Ona Vatan.
Fidoiy bo‘lgum senga
Ishongin doim menga
Chanqoqdirman ilmga,
Maqsadimda sen, Vatan!
Ko‘zlarimning quvonchi,
Ortimda tog‘-suyanchim,
Ham tumorim, tayanchim,
O‘zingsan, Ona Vatan!
Oqila KARIMOVA,
Navoiy viloyati Xatirchi tumani 17-maktab 9-sinf